Data Matrix GS1 markirovka printeri — sanoat uchun

0 | Sharhlar yo'q
0 Tashqarida 5 | Sharhlar va reytinglar
  • 5 Yulduz
  • 4 Yulduz
  • 3 Yulduz
  • 2 Yulduz
  • 1 Yulduz

Barcha mijozlar sharhlarini ko'ring
77,602,000.00 UZS 1 Dona/donalar (min. Buyurtma)
To'lovlar
Bank Transfer Paypal Stripe
Mavjud miqdor Maksimal 100 Dona(lar)
Yoki ushbu mahsulot uchun narx taklifini oling Narx so'rovi yuborish
NOVA LINK
Toshkent Shahri, O'zbekiston,
0
Javob berish davomiyligi
> 24 Soat
O'z vaqtida yetkazib berish darajasi
100%
Sotuvchidan batafsil ma'lumot so'rang Sotuvchiga murojaat

Tavsif

Data Matrix GS1 markirovka printeri — ishlab chiqarish liniyalarida mahsulotlarga Data Matrix GS1, QR-kod, shtrix-kod, sana, vaqt, logotip, grafik, partiya raqami, smena raqami va boshqa o‘zgaruvchan ma’lumotlarni tez va aniq tushirish uchun mo‘ljallangan professional sanoat printeridir.

Qurilma 300 m/min gacha chop etish tezligini ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida 2 ta ishlab chiqarish liniyasida foydalanish imkonini beradi. Tizimda 2 ta bosma kallak mavjud bo‘lib, zaruratga qarab 4 tagacha bosma kallak ulash mumkin.

Printer chang va namlikdan himoyalangan sensorli ekran, Wi-Fi, Ethernet va USB interfeyslariga ega. Kompyuter orqali masofadan boshqarish, uzluksiz chop etish va printer ishlashini to‘xtatmasdan kartrijni almashtirish imkoniyatlari ishlab chiqarish jarayonini yanada qulaylashtiradi.

Maxsus DSND — Double Switching Nozzle Technology texnologiyasi soplolardan biri ishlamay qolgan holatda boshqa soplolardan foydalanishni davom ettirish imkonini beradi. Siyoh tarkibida MEK va aseton mavjud emasligi oziq-ovqat sanoatidagi markirovka jarayonlari uchun muhim afzallik hisoblanadi.

Asosiy xususiyatlari

  • Mahsulot turi: sanoat markirovka printeri
  • Markirovka: Data Matrix GS1
  • Chop etish tezligi: 300 m/min gacha
  • Bosma kallaklar: 2 ta
  • Maksimal bosma kallaklar soni: 4 ta
  • Chop etish masofasi: 12 mm
  • DPI: 60–1270 DPI
  • Ekran: sensorli
  • Ekran himoyasi: chang va namlikdan himoyalangan, tirnalish va zarbaga chidamli
  • Interfeyslar: Wi-Fi, Ethernet, USB
  • Masofadan boshqarish: kompyuter orqali
  • Uzluksiz chop etish: mavjud
  • Kartrijni printer ishlayotgan vaqtda almashtirish: mavjud
  • Til: rus, ingliz, turk, nemis va boshqa tillar
  • Siyoh: MEK va asetonsiz
  • Texnologiya: DSND — Double Switching Nozzle Technology
  • Qo‘llanilishi: sanoat ishlab chiqarishi, oziq-ovqat, qadoqlash va boshqa sohalar

Chop etish imkoniyatlari

  • Data Matrix GS1
  • QR-kod
  • Shtrix-kod
  • Logotip
  • Sana
  • Vaqt
  • Grafik ma’lumotlar
  • Ikki lik kod
  • Turli shriftlar
  • Smena raqami
  • Partiya raqami
  • O‘zgaruvchan ma’lumotlar

Komplektatsiya

  • Markirovka printeri
  • Ishlab chiqarish liniyasiga o‘rnatish uchun shtativ
  • Quvvat kabeli
  • Bosma kallak
  • Bosma kallak kabellari
  • Datchik
  • Yerga ulash moslamasi
  • USB

Afzalliklari

  • 300 m/min gacha yuqori chop etish tezligi
  • Bitta printer orqali 2 ta ishlab chiqarish liniyasini boshqarish imkoniyati
  • 4 tagacha bosma kallak ulash imkoniyati
  • Data Matrix GS1 va boshqa kodlarni chop etish
  • Wi-Fi, Ethernet va USB ulanishlari
  • Kompyuter orqali masofadan boshqarish
  • Uzluksiz markirovka jarayoni
  • Printer ishini to‘xtatmasdan kartrijni almashtirish
  • DSND texnologiyasi orqali soplo ishdan chiqishiga chidamli tizim
  • MEK va asetonsiz siyoh
  • Oziq-ovqat sanoatida foydalanish uchun mos
  • Texnik xizmat va o‘rnatish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash
  • Xodimlarni o‘qitish va printer sozlamalarini yaratishda yordam

Sotuvchi profili

Kompaniya haqida ma'lumot
NOVA LINK
Toshkent Shahri, O'zbekiston,
0

NOVA LINK LLC — O‘zbekistonda sanoat markirovkasi va ishlab chiqarish liniyalarini avtomatlashtirish yechimlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Kompaniya 2018-yildan buyon faoliyat yuritib, ishlab chiqaruvchilarga mahsulot, qadoq va transport taralariga sana, partiya raqami, seriya raqami, shtrix-kod, QR va DataMatrix kodlarini tushirish uchun zamonaviy markirovka texnologiyalarini taklif etadi. NOVA LINK — Weber Marking Systems, Anser Coding, Bentsai, Labelmate va Foenix Coding kabi xalqaro brendlarning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori va distribyutori sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniya assortimentida sanoat siyohpurkagich (inkjet) printerlari, termal inkjet printerlar, termotransfer printerlar, lazer markirovka uskunalari, etiketkalash qurilmalari, konveyerlar hamda markirovka uskunalari uchun sarf materiallari mavjud. NOVA LINK nafaqat uskunalarni yetkazib beradi, balki uskunani tanlash, bepul namoyish va testdan o‘tkazish, o‘rnatish, ishga tushirish, xodimlarni o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda kafolatli va kafolatdan keyingi servis xizmatlarini ham taqdim etadi. Kompaniya oziq-ovqat, ichimliklar, farmatsevtika, kosmetika, qadoqlash, logistika va boshqa ishlab chiqarish sohalari uchun individual markirovka yechimlarini ishlab chiqadi. Shuningdek, ishlab chiqarish liniyasiga integratsiya qilinadigan uskunalarni tanlash va sozlash bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatadi

Tez-tez so'raladigan savollar
  • Aloqa uchun: +998 90 970 19 08 +998 71 234 65 18

Reyting va sharhlar

0
Reytinglar
  • 5 Yulduz
  • 4 Yulduz
  • 3 Yulduz
  • 2 Yulduz
  • 1 Yulduz
Siz ushbu mahsulotdan foydalanganmisiz?
Endi baho bering?