Do'kon qoidalari

Do'kon tavsifi

Evrokub (IBC konteyner) — suyuq va quyiluvchi mahsulotlarni saqlash hamda tashish uchun optimal yechimdir.
Biz, Catalix Group kompaniyasi, O‘zbekistonda va MDH davlatlarida yangi evrokublarni ishlab chiqaradigan birinchi va yagona mahalliy ishlab chiqaruvchimiz.

To'lov siyosati

To‘lov naqd va naqdsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Yetkazib berish siyosati

Yetkazib berish omborimizdan o‘z kuchingiz bilan amalga oshiriladi.
Kelishuv asosida sizga qulay usulda manzilingizgacha yetkazib berishni ham tashkil etishimiz mumkin.

Biz har doim yuklash shartlarini alohida muhokama qilishga va optimal logistika variantini tanlashda yordam berishga tayyormiz.

To'lovni qaytarish siyosati

Agar zavod nuqsoni yoki buyurtma mos kelmasligi aniqlansa, mijoz bilan oldindan kelishilgan holda mahsulotni qaytarish yoki almashtirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyormiz.

Qaytarish yoki almashtirish bo‘yicha barcha murojaatlar shartnoma shartlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda, individual tartibda va imkon qadar qisqa muddatda ko‘rib chiqiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasida evrokublar va kaltsiy stearati ishlab chiqarish

Kompaniya haqida ma'lumot

Catalix Group — bu o‘z zavodlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi savdo-ishlab chiqarish kompaniyasidir.

Catalix Group — O‘zbekiston va MDH davlatlarida yangi evrokublar (IBC konteynerlar) ni ishlab chiqaradigan birinchi va yagona zavod bo‘lib, suyuq va quyiluvchi mahsulotlarni saqlash hamda tashish uchun mo‘ljallangan sifatli yechimlarni taklif etadi.

Catalix Group — kimyo, plastmassa va qurilish sohalarida keng qo‘llaniladigan yuqori sifatli kaltsiy stearatini ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavoddir.

Catalix Group zavodlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni, moslashuvchan hamkorlik shartlarini va har bir mijozga individual yondashuvni kafolatlaydi.